Grizmanning advokati shanba kuni Barselonaga uchadi

Aslanov Jasurbek
18 may 2019, 18:45
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning advokati Sevan Karian 18 may kuni Barselona shahriga uchadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli forvardning advokati 3 kun davomida Kataloniya poytaxtida bo'ladi va "Barselona" bilan shartnoma borasida muzokaralar o'tkazadi.

Joriy mavsum Grizmann "Atletiko" safida 47ta uchrashuvda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS