Grizmann: "Menga berilgan har bir daqiqada borimni beraman"

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2022, 08:15
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Portu" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu mening qo'limda emas. Albatta ko'prog'ini istayman, ammo menga taqdim etilgan har bir daqiqada borimni beraman. Bu yerda ekanligimdan xursandman. Klub uchun, Cholo uchun (izoh - Simeone), muxlislar uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Zavq oling", - dedi Grizmann. 

Eslatib o'tamiz, agar futbolchi ikki mavsum davomidagi 50 foiz o'yinning kamida 45 daqiqasida harakat qilsa, "Atletiko" Grizmanni "Barselona"dan sotib olishga majbur. 

Kecha o'tkazilgan o'yinda Grizmann 61-daqiqada maydonga tushirildi va so'nggi daqiqada jamoasining g'alabali goliga mualliflik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA