Grizmann: “Ilgari to'p darvozaga kirishni istamasdi, ammo endi hammasi joyiga tushgandek ko'rinmoqda”

10 yanv 2021, 08:51
“Barselona”ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann La Liga 18-turi doirasida “Granada” (4:0) ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi.

Mazkur bellashuvda Antuan “dubl”ga erishdi.

“Ilgari to'p darvozaga kirishni istamagandek tuyulardi nazarimda. Hoir vaziyat ancha o'zgargan. Biz g'alaba qozonish va chempionlik poygasida peshqadamni taqib etishimiz uchun uch ochko zarur edi. Jamoamizning harakatidan mamnunman. Granada o'ynash judayam qiyinligini bilardik. Ammo “Barselona” judayam yaxshi o'yin o'tkazdi. Endi biz barcha o'yinda g'alaba qozonishimiz talab etiladi. Buning natijasini esa mavsum davomida bilib olamiz”, deya Grizmanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca