

Grizmanning "Atletiko" va Angliyaga yo'l olishi borasidagi mish-mishlarga qaramay, 29 yoshli fransiyalik futbolchi Barselonada qolmoqchi.
O'yinchi e'tiborini "Barselona" bilan muvaffaqiyatga erishishga qaratgan va hech kim buni o'zgartira olmaydi. Hatto APLdagi top-klublarning jozibali takliflari ham bunga ta’sir qilmaydi.
Grizmann shuningdek, kataloniyaliklarning yangi murabbiyi Ronald Kuman uni qadrlashini va markaziy forvard rolida ko'rishini biladi. Luis Suaresning ketishi ortidan francuz uchun bo'sh hudud hosil bo'ladi. U Lionel Messi o'zaro tushunishni yo'lga qo'ymoqchi.
Oldinroq xabar berilganidek, "Liverpul", MYU va "Arsenal" klublari Grizmanni kuzatayotgani, futbolchi Lionel Messi va Filippe Koutino sabab "Barsa"dan ketishi mumkinligi aytilgan edi.



