Grinvud "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
16 fev 2021, 18:00
"Manchester Yunayted" rasmiy sayti hujumchi Meyson Grinvud bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

19 yoshli futbolchi klub bilan shartnomasini 2025 yilning iyun oyiga qadar uzaytirdi. Shartnomada uni yana bir yilga uzaytirish borasida band bor.

Grinvud "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com