Grilish kelsa, Silva ketadi

Mirjalol Normatov
1 avg 2021
"Manchester Siti" "Aston Villa" bilan Jek Grilish transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, agarda "Man Siti" ushbu futbolchini sotib oladigan bo'lsa, Bernardu Silva bilan xayrlashishiga to'g'ri keladi. Undan tashqari, Rahim Sterlingning jamoadagi kelajagi ham so'roq ostida qoladi. Oldinroq "Aston Villa" futbolchisini 100 million funt evaziga sotishga tayyorligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'tgan mavsumda 25 yoshli Grilish APLning 26 bahsida 6 gol va 10 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph