Grem Potter: "Jamoaning tarixi va tarkibi APLda hech narsani kafolatlamaydi"

Administrator
1 okt 2022, 00:35
Bu chempionatda muvaffaqiyatga erishi uchun aniq strategiya kerak.

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Grem Potter "Chelsi"ning hozirgi ahvoli haqida gapirdi. 

"O'zgarishlar yaxshi, yomon yoki qiyin bo'lishi mumkin. Barchasi siz buni qanday qabul qilishingizga bog'liq. Klubdagi o'zgarishlarning barchasi amalga oshib bo'ldi. Bu hayotning bir qismi. 

Jamoaning tarixi va tarkibi APLda hech narsani kafolatlamaydi. Barchasi biz birgalikda ishlay olishimizga va aniq strategiyamizga bog'liq. Men faqat keyingi o'yinga yoki keyingi mashg'ulotga e'tiborimni qaratishim mumkin", -deydi Grem Potter. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Football.London