Gonsalo Iguain: "Umid qilamanki, Messi MLSga o'tadi"

Mirjalol Normatov
24 fev 2022, 00:43
"Inter Mayami" forvardi Gonsalo Iguain PSJ forvardi Leo Messini MLSga chaqirdi.

"Bu juda jiddiy liga, tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Bu erga katta futbolchilar kelmoqda. O'ylaymanki, o'sish yanada tezlashadi.

Messini ham bu erga kelishiga umid qilyapman. U nafaqat ligani, balki, mamlakatni ham qo'lga kiritadi. Leo bu yerda baxtli yashay oladi", - dedi argentinalik.

34 yoshli Messi mamlakat chempionatida 15 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 8 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Stats Perform