

Ushbu uchrashuvdan so'ng Murtozaev saytimizga fikrlarini bildirib, o'sha vaziyatni izohladi.
"Andijon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yin o'tkazdik. To'g'ri 3ta gol o'tkazish alamli albatta. Lekin hayot davom etadi. "Turon"ning oldiga qo'ygan vazifasi bor. Maqsadimiz sari faqat oldinga intilamiz.
Golini nishonlashimni andijonlik muxlislarga hech qanday aloqasi yo'q. O'tgan uchrashuvda raqib futbolchisi gol urganidan so'ng shunday harakatni amalga oshirgan edi. Menda uni qaytarish niyati yo'q edi. Hamma xato qiladi. Raqib jamoa muxlislaridan uzr so'rayman",- deydi Murtozaev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



