“Globe Soccer Awards-2020”. Yil futbolchisi va XXI asrning eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2020, 21:00
Asosiy nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi.

“Bavariya” a'zosi Robert Levandovski 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi. U so'rovnomada Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) hamda Lionel Messi (“Barselona”)ni ortda qoldirdi.

Krishtianu Ronaldu esa XXI asrning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Shuningdek, nominantlar qatorida Ronaldinyo, Lionel Messi ("Barselona") va Muhammad Saloh ("Liverpul") ham bor edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia