Glen Jonson kamida bir oy o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2014
"Liverpul" himoyachisi Glen Jonson "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda olgan jarohati tufayli bir oy futbol o'ynay olmaydi.
Glen o'sha o'yinning birinchi bo'limidayoq jarohat olib maydonni tark etdi. Uchrashuvda "Liverpul" 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Angliya terma jamoasi a'zosi paylarini uzib olgani ma'lum bo'ldi. Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, futbolchi kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.

Yozda klub bilan shartnomasi tugaydigan Jonsonning o'rnida "Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers Xaver Mankiloni o'ynatishga majbur bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru