"G'ijduvon"ning o'rtoqlik bellashuvlari va transferlari haqida

Sherzod Nurmatov
1 mar 2022
O'tgan mavsumni Birinchi ligada muvaffaqiyatli o'tkazgan “G'ijduvon” klubi Pro liganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik olib bordi.

Bahodir Shaymardonov shogirdlari o'quv-yig'in mashg'ulotlarini G'ijduvon hamda Toshkentda o'tkazishdi. Poytaxtdagi yig'in mobaynida nazorat uchrashuvlariga katta e'tibor qaratildi. Unda Pro-liga va birinchi liga jamoalariga qarshi sinov-nazorat o'yinlari tashkil qilindi. 

O'rtoqlik bahslari ro'yxati:

“G'ijduvon” – “Yangier”  - 1:1

“G'ijduvon” – “Buxoro”  - 3:2

“G'ijduvon” – “Xorazm” – 2:2 

“G'ijduvon” – “Do'stlik” – 4:0

“G'ijduvon” – “Lokomotiv BFK” – 7:2

"G'ijduvon" - "Qizilqum-FARM” - 2:0

"G'ijduvon" - "Qizilqum" U-21 - 3:1

"G'ijduvon" - "Mashal" - 1:1

Murabbiylar shtabi o'tgan mavsum tarkibini saqlab qolish va ayrim chiziqlarni kuchaytirishga e'tibor berdi. O'tgan mavsumda "G'ijduvon" sharafini himoya qilgan ko'plab futbolchilar klubni tark etishdi. Ularning o'rniga yangilar taklif etildi.  

Shuningdek, jamoaga Akrom Bahromov, Islom Shodmonov, Jahongir Ismoilov, Sanjar Barotov, Sardor Sulaymonov, Nodir Ibragimov, Solibek Karimov, Raim Obidov, Ulugbek Xudoyberdiev, Islom Ismoilov, Begzod Komilov kelib qo'shildi. Xususan, 1998 yilda tug'ilgan kamerunlik futbolchi Rikardu bilan ham shartnoma imzolandi.

Shu bilan birga, “G'ijduvon” klubi 9 futbolchi bilan xayrlashdi - Durbek Kamalov, Javohir Komilov, Maqsud Mahmudov, Bekzod Fayziev, Abbos Ikromov, Asilbek Mirzayorov, Diyor Ashurov, Nodir Yo'ldoshev, Sherzod Kodirov.

Eslatib o'tamiz, “G'ijduvon” 5 mart kuni Pro liga dastlabki turida mehmonda “Yangier-Quruvchi”ga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia