"Getty"dan 10ta shedevr: 28 may

Aslanov Jasurbek
29 may 2020, 14:37
Loyihamizning navbatdagi sonini tomosha qiling.

Har kuni Gettyimages saytiga joylangan futbolga oid eng chiroyli suratlarini tomosha qilishingiz mumkin. Saytimizga bir kunlik eng ajoyib rasmlarni yig'ib, e'tiboringizga havola qilamiz.

28 may

Bundesliga uchrashuvida ishlayotgan jurnalist xatto mikrofonga ham niqob kiydirib qo'ygan



Bu "Vulverxempton" klubining mashg'uloti. Suratdagi chelaklar ikki narsa uchun xizmat qiladi: 1. Futbolchilar o'rtasidagi masofani saqlash; 2. Har bir chelak ichida suv idishlar bor. Ushbu g'oya futbolchilar bir-birining idishidan suv ichmasligini taminlaydi


Xarri Keyn-Son Xyon Min juftligi stol futbolida Lukas Moura va Erik Dayer jamoasiga qarshi kurashmoqda


Muhammad Saloh karantin vaqtida ham formasini saqlay olganini ko'z-ko'z qilmoqda


Alison Bekerning soch turmagiga e'tibor bering. Darvozabon sartaroshga murojaat qilmaganiga ancha bo'libdi


Daniya chempionati uchrashuvi vaqtida muxlislar o'yinni "Zoom" ilovasi orqali tomosha qilishdi. Bahsni ushbu programma orqali kuzatgan ishqibozlarning efirdagi videolari stadion tribunalarida namoyish etildi


Shu bilan birga Daniya chempionatidan o'rin olgan "Orxus" hamda "Ranners" o'rtasidagi bahsda tribunalarga "muxlislar" o'rnatib chiqildi. Ushbu suratda (chapdan o'ngga) daniyalik siyosatchi Yoanne Shmidt Nilsen, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Mishel Obama (Barak Obamaning xotini) surati o'rnatilgan "ishqibozlar"ni ko'rish mumkin


Soch turmagi orqali bu yigit kim ekanligini bilgan bo'lsangiz kerak


42 yoshga to'lgan Janluiji Buffon mashg'ulotda o'zini ayamay darvozasini goldan saqlash jon-jahti bilan sakramoqda. Bunday afsonaviy posbon barcha uchun o'rnak desak adashmagan bo'lamiz


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gettyimages.com