

Bahs 12 iyun kuni Bremendagi "Vezershtadion"da bo'lib o'tadi. Bundestim uchun bu tarixdagi 1000-uchrashuv bo'ladi. Xayriya xarakteriga ega uchrashuv aniq vaqti keyinroq ma'lum qilinadi.
Germaniya 16 iyunda Varshavada Polsha bilan, 20-sanada esa Gelzenkirxenda Kolumbiya bilan bahs yuritadi. Aytilishicha, germaniyaliklar kuzda Fransiya bilan, oktyabr oyida esa AQSHga qarshi maydonga tushishi ko'zda tutilgan.



