Germaniya termasi Ukraina bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
25 apr 2023, 16:11
Germaniya terma jamoasi yozda Ukraina bilan nazorat o'yini tashkil qiladi.

Bahs 12 iyun kuni Bremendagi "Vezershtadion"da bo'lib o'tadi. Bundestim uchun bu tarixdagi 1000-uchrashuv bo'ladi. Xayriya xarakteriga ega uchrashuv aniq vaqti keyinroq ma'lum qilinadi. 

Germaniya 16 iyunda Varshavada Polsha bilan, 20-sanada esa Gelzenkirxenda Kolumbiya bilan bahs yuritadi. Aytilishicha, germaniyaliklar kuzda Fransiya bilan, oktyabr oyida esa AQSHga qarshi maydonga tushishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters