Germaniya terma jamoasi mashg'ulotlarni virtual reallikda o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2018, 12:33
Nemis futbol ittifoqi o'yinchilarni virtual reallik yordamida shug'ullantirishga mo'ljallangan Beyond Sports kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlagani haqida e'lon qildi.

Firma klublarga mashg'ulot paytida va o'yinni tahlil qilishda turli vaziyatlarning tayyor ssenariylari yoki murabbiy tayyorlagan namunalar bilan tanishish xizmatini taklif qiladi.

Mashg'ulotlarda 4 narsaga jiddiy e'tibor beriladi: Maydonda tez qaror qabul qilish, to'g'ri poziciya tanlash, o'yinning aniq bir vaziyatini tahlil qilish va belgilangan vaqt ichida vazifani uddalash.

Bunday mashg'ulotlardan asosiy maqsad futbolchilarning taktik savodxonligini oshirish va qaror qabul qilish uchun vaqtni kamaytirish.

Beyond Sports "Arsenal", "Stok Siti", PSV va AZ bilan hamkorlik qiladi.

Amaldagi jahon chempioni Germaniya terma jamoasi jahon chempionatini 2018 yilning 17 iyunida boshlaydi. Bundestimning ilk raqibi Meksika terma jamoasi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com