Gerd Myuller vafot etdi

Mirjalol Normatov
15 avg 2021, 16:53
"Bavariya" matbuot xizmati jamoaning sobiq futbolchisi Gerd Myuller vafot etganini ma'lum qildi.

Myuller bugun, 15 avgust kuni 75 yoshida hayotdan ko'z yumdi. O'lim sababi aniq keltirilmagan. Ammo u Alcgeymer kasalligiga chalingandi.

Myuller Yevropa va jahon chempioni, 4 karra mamlakat chempioni hisoblanardi. Forvard "Bavariya" tarkibida 607 o'yinda qatnashib, 566 gol urgan. U "Bavariya" va Bundesliga tarixidagi to'purar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbayernde