
– Jamoa charchog'i - hisobga ta’sir ko'rsatdi, – deya futbolchi so'zlarini keltiradi bundesliganing rasmiy sayti. – Biz albatta butun jamoa bo'lib mag'lubiyat sabablarini o'rganib chiqamiz. Endi "Bavariya" bilan tafovut 4 ochkoni tashkil etmoqda, lekin bu fojea emas. Oldinda maydonimizdagi o'zaro baxs bor va bu biz uchun yaxshi imkoniyat. "Borussiya" va "Bavariya"ning o'yinlarini butun dunyo kuzatadi va biz o'zimizni ko'rsatishimiz shart.