Genduzining qaysi klubga o'tishi deyarli ma'lum

Alisher
5 okt 2020, 10:33
"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi "Gerta"ga o'tishga yaqin.

London klubi 21 yoshli fransiyalik futbolchini mavsum so'nggiga qadar xarid qilish huquqisiz ijaraga berib yuboradi.

Shu bilan birga Genduzining maoshini "Gerta" klubi to'laydi. Tomonlar bitim bo'yicha kelishuvga erishgan, xavbekning faqat tibbiy ko'rikdan o'tishi qoldi xolos.

Genduzining "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com