

- Maydonning sifatida o'yinga ta’sir qildimi? Albatta, bunday maydonda o'zingiz xohlagan futbolni ko'rsatish qiyin. Ammo nima ham qila olardik? Hozir bizda bundan boshqa maydon yo'q. “Oq-tepa”ga qarshi bahsda biz g'alaba qozonishni rostakamiga xohlagandik. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq yakunda bizga uch ochkoni taqdim qildi. Raqibdan farqli ravishda bizning tarkibimiz yosh va mahalliy yigitlardan iborat. Bellashuvda barcha yutuq uchun bor imkoniyatini ishga soldi. “Oq-tepa” haqida iliq fikrlarni bildirish mumkin. Ular safida tajribali o'yinchilar to'p tepadi. Tabiiyki, bu jamoaning o'yiniga ham ta’sir qiladi. Bugungi bahsda ham tajriba ko'rinib turdi, lekin biz ishtiyoq tufayli g'alaba qozona oldik, - deydi O'daev.
"Oq-tepa" matbuot xizmati




