Gavining "Barselona" bilan yangi shartnomasi shartlari ma'lum bo'ldi

Alisher
20 dek 2021, 17:16
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tez orada klub bilan shartnomani uzaytiradi.

Yangi kelishuv 5 yilga mo'ljallanadi. 17 yoshli xavbekning maoshi yildan yilga oshib boradi.

Shu bilan birga 50 million evrolik tovon puli borasidagi band olib tashlanadi. Oldinroq xabar berilganidek, "Barsa" 1 milliardlik tovon puli o'rnatmoqchi, ammo bu bandning yangi shartnomada bo'lish yoki bo'lmasligi ma'lum emas.

Gavi joriy mavsum barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca