Gavi jarohat oldi

Alisher
2 fev 2025
"Barselona" xavbeki Gavi jarohat oldi.

Futbolchi "Alaves"ga qarshi La Liga 22-tur doirasidagi o'yinning birinchi taymida almashtirildi.

Gavi o'yinning 8-daqiqasida bosh bilan "Alaves" forvardi Xose Konechni bilan to'qnashib ketdi. Ikki o'yinchi ham tibbiy yordam oldi. Gavi ehtimoliy bosh jarohati sabab o'yinni davom ettira olmadi.

14-daqiqada Gavi o'z o'rnini Fermin Lopesga bo'shatib berdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia