Gattuzo: "Milan"da qolishga umid qilyapman"

Aslanov Jasurbek
20 may 2019, 11:15
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyaning 37-turida "Frozinone" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Bahs qiyin o'tdi. "Frozinone" bor kuchini ishga solishini bilardik. Donnarummaga rahmat, u bizni noxushliklardan qutqardi.

Kerakli odamlar menga baho berishsin. "Milan"da qolishga umid qilyapman. Har qanday holatda ham faoliyatimni davom ettiraman. Bundan yaxshirog'iga qodirman" - deydi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia