Gattuzo chorshanba kuni murabbiylikka qaytadi

Mirjalol Normatov
9 dek 2019, 20:29
"Napoli" yaqin vaqtlarda bosh murabbiyini o'zgartiradi.

"CalcioNapoli24" xabariga ko'ra, chorshanba kuni klub Karlo Anchelottining iste'fosini e'lon qiladi. Qayd etilishicha, jamoaning YCHL doirasida "Genk"ka qarshi o'yini natijasi bu qarorga o'z ta’sirini o'tkazmaydi.

Oldinroq "Tuttosport" nashri Jennaro Gattuzo "Napoli" bilan muzokaralar olib borayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Katta ehtimol bilan u chorshanba kuni neapolliklar ustoziga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" so'nggi 9 o'yinda birorta g'alabaga erishmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CalcioNapoli24