Garnacho "Chelsi"ga o'tish haqida: "Jahon chempionlari safiga qo'shilganimdan baxtiyorman. Biz - dunyoning eng yaxshi jamoasimiz!"

Alisher Ostonov
31 avg 2025, 13:14
Alexandro Garnacho "Chelsi"ga o'tish haqida gapirdi.

Londonliklar 21 yoshli vinger uchun MYUga 40 mln funt to'ladi.

"Bu buyuk klubga qo'shilish oilam va shaxsan men uchun ajoyib lahza. Startga oshiqyapman.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini tomosha qildim va jahon chempionlari jamoasiga qo'shilish - bu o'zgacha hissiyot: biz dunyoning eng yaxshi jamoasimiz! Bu yerda bo'lish ajoyib, men juda baxtliman", - dedi Garnacho.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: chelseafc.com