"Gamburg" muxlisi Riberiga hujum qildi va barmog'i bilan uni haqorat qildi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2014, 12:44
"Bavariya" va "Gamburg" o'rtasidagi Germaniya Kubogi uchrashuvining so'nggi daqiqalarida yoqimsiz holat yuz berdi.

O'yin "Gamburg" maydonida bo'lib o'tayotgandi va muxlislardan biri mehmonlar yarim himoyachisi Frank Riberiga tashlandi va unga zarba berdi. Bundan tashqari u fracuz futbolchisiga barmog'i bilan beodob harakatni namoyish qildi. Riberi styuardlar ishqibozni olib ketishgunicha o'zini bosib turdi.

"U o'zini nega bunday tutganini bilmayman. Bugun ko'p zarbalar qabul qildim" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com