"Gamburg" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2018
"Gamburg" rahbariyati "Bavariya"dan 0:6 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Bernd Xollerbaxni iste'foga chiqarishga qaror qildi.

Klub matbuot-xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, endi "dinozavrlar"ni "Gamburg" U21 jamoasida ishlagan 45 yoshli Kristian Titc boshqaradi. Xollerbax 22 yanvarda Markus Gizdol o'rnini egallagan edi.

Klub Bundesliganing 26ta turida bor-yo'g'i 18 ochko to'pladi va quyi ligaga tushib kyetish uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: hsv.de