

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri "Galatasaroy" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. 28 yoshli futbolchi istanbulliklarga chempionlik kurashida yordamlashish maqsadida Turkiyaga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Angliyadagi o'yin amaliyotining kamligi bunga asos bo'ladi.
Shuningdek, Shakiri uchun Rimning "Roma" klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2018 yilda "Stok Siti"dan xarid qilingan futbolchi "Liverpul" safida 40 o'yinda maydonga tushib, 7 marta raqiblar darvozasiga yo'l topgan.



