"Galaktika qo'riqchilari" futbolchilar ishtirokida

Aslanov Jasurbek
2 may 2017, 12:43
ESPN nashri "Galaktika qo'riqchilari" fantastik filmi qahramonlari o'rniga futbolchilarni qo'yib ko'rdi va bizningcha, juda ajoyib qo'riqchilar paydo bo'ldi.

Filmdagi asosiy qahramonlar roliga Yevropaning yetakchi posbonlari qo'yildi.

Piter Kvill - Mark-Andre ter Shtegen


Xushchaqchaq, kelishgan va bo'yi uzun ter Shtegen o'z ishini doimo ishonch bilan bajaradi. Ammo yulduzli Lordning xaddan tashqari o'ziga ishonib yuborishi xatolarga sabab bo'lishi mumkin, biroq u xatolarini to'g'irlab, kerakli xulosa chiqaradiganlardan.


Tanos - Janluiji Buffon


U 40 yoshda, biroq u hali hamon kuchli. Buffon Tanos kabi, katta tajriba va muvaffaqiyatga intilish qobiliyatiga ega va bu narsa har qanday kuchli hamda aqlli raqibga jiddiy to'siq bo'lish imkonini beradi. Unga past baho bersangiz, siz mag'lub bo'lishingiz aniq.


Draks - Tim Xovard


His-tuyg'ularga boy, doimo haqiqatni gapiradigan va bazida g'azab otiga minadigan qo'riqchi. Tim Xovardi xatto Draksdan ham kuchliroq qahramonga aylangan bo'lardi.


Grut - Tibo Kurtua


Kurtua ko'p gapirishni yoqtirmaydi. U o'z kuchini mahorati, harakatlari bilan ko'rsatadi. Kerakli paytda u doimo do'stlariga yordam beradi.


Gamora - David de Xea


David de Xea nima qilayotganini payqash uchun sizga slou-moushn kadr kerak bo'ladi. U shu yerda! Orqada! Hamma yerda! Gamora kabi refleksga ega de Xea har qanday o'qdan sizni qutqarib qolishi mumkin. Boshqalar maqtovlarni eshitadi, ammo qahramon kim ekanligini biz yaxshi bilamiz.


Nebula - Manuel Noyer


Noyer Nebula kabi iqtidorli strateg. U tozalash ishlarini maksimal darajada yaxshi bajaradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia