Futzalchilarimiz "CAFA Futsal Cup-2023" turnirida ishtirok etadi

Xayrulla Xoliqov
29 iyun 2023
Shu yilning 23-30 iyul kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda futzal bo'yicha "CAFA Futsal Cup-2023" musobaqasi bo'lib o'tadi.

Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi bayrog'i ostida ilk marta tashkil qilinadigan ushbu turnirda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Musobaqada shuningdek Tojikiston, Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston va Afg'oniston terma jamoalari ham qatnashadi. 

"CAFA Futsal Cup-2023" 15ta o'yindan iborat bo'ladi. Musobaqa bir davrali tizim o'tkazilib, bunda har bir jamoa raqiblari bilan bir martadan o'ynab chiqadi. Yakunda jadvalning eng yuqori qismida o'rin egallagan jamoa chempionlikni qo'lga kiritadi. 

1-tur. 23 iyul

O'zbekiston - Tojikiston

Qirg'iziston - Afg'oniston

Eron - Turkmaniston


2-tur. 24 iyul

Tojikiston - Turkmaniston

Eron - Qirg'iziston

O'zbekiston - Afg'oniston


3-tur. 26 iyul

Tojikiston - Qirg'iziston

Turkmaniston - O'zbekiston

Afg'oniston - Eron


4-tur. 28 iyul

Afg'oniston - Tojikiston

Qirg'iziston - Turkmaniston

Eron - O'zbekiston


5-tur. 30 iyul

Tojikiston - Eron

Turkmaniston - Afg'oniston

O'zbekiston - Qirg'iziston


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia