Ushbu seminar futzal murabbiylariga mo'ljallangan. OFKning S sertifikati dasturi bo'yicha seminari uning futboldagi muqobili hisoblanadi. Shuning uchun ham futzaldagi Level-1 licenziyasini futboldagi S licenziyasiga tenglashtirsa bo'ladi.
Toshkentda o'tgan OFKning dastlabki seminarida O'zbekistonning turli nuqtalarida ishlovchi murabbiylar ishtirok etishdi. Ayni vaqtda, ular orasida hali faoliyatini davom ettirayotgan futzalchilar, jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinchilari ham bor edi. Rustam Umarov, Nodir Eliboev va Dilshod Irsaliev kabi futzalchilar ayni vaqtda havaskor futzalda murabbiylik faoliyati bilan ham shug'ullanayotgani sir emas, shuning uchun ham ular seminarda katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.
Seminar tinglovchilari orasida, bundan tashqari, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov, uning yordamchisi – Nikolay Odushev, shuningdek, futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy Ligasida ishtirok etuvchi ko'plab jamoalarning ustozlarini ko'rish mumkin edi.
Qayd etish joiz, seminar davomida barcha ishtirokchilar imtihondan o'tishdi – uning javoblari yaqin ikki oy ichida e'lon qilinadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan murabbiylarga Level-1 licenziyalari topshiriladi.
Toshkentda o'tgan OFKning Level-1 seminari ishtirokchilari: Bahodir Ahmedov (O'zbekiston milliy terma jamoasi), Nikolay Odushev (O'zbekiston milliy terma jamoasi), Rustam Abdiev (Andijon), Baxtiyor Tog'aev (Ardus), Shahodat Kuliev (Guliston), Furqat Xayrullaev (Kogon), Ahadjon Yusupov (Lokomotiv), Ravshan Rajabov (Paxtakor), Shuhrat Toshmedov (Lokomotiv), Abdujabbor Gafarov (Maksam-Chirchiq), Abdulla Bo'riev (Bunyodkor), Shamshod Xayrullaev (Kogon), Shuhrat Husainov (Nafis), Jalgasboy Sarsenov (Qoraqalpog'iston OZK), Farrux Zokirov (Ardus o'yinchisi), Rustam Umarov (Lokomotiv o'yinchisi), Nodir Eliboev (Lokomotiv o'yinchisi), Dilshod Irsaliev (Ardus o'yinchisi).