Futzal. Tojikiston JCHdagi raqibimiz – Niderlandiyani mag'lub etdi

Alisher
8 sen 2024, 23:26
Futzal bo'yicha Tojikiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Niderlandiya termasidan ustun keldi.

Tojikiston terma jamoasi 4:3 hisobida g'alabaga erishdi. Fayzali Sardorov va Dilshod Salomov bittadan gol urgan bo'lsa, niderlandlar ikki bor o'z darvozalarini ishg'ol qilib qo'yishdi.

Bahs Tojikiston poytaxti Dushanbedagi "Koxi Olimp" sport kompleksida bo'lib o'tdi.

Qayd etish kerakki, Niderlandiya terma jamoasi O'zbekistonda o'tadigan futzal bo'yicha JCHning "A" guruhida bizga raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia