Futzal. Terma jamoamiz ilk o'yinda 3:5 hisobida yutqazdi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2015, 08:09
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Almati shahrida Yevropa chempioni “Qayrat” klubiga qarshi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Gollarga boy bo'lgan o'yinda mezbonlar 5:3 hisobida zafar quchishdi. Birinchi bo'limda kuchlar teng kelgandi – 2:2.

Futzal. Terma jamoamiz ilk o'yinda 3:5 hisobida yutqazdi

Terma jamoamizdan gollarni Konstantin Sviridov, Andrey Shlema va Farhod Abdumavlonovlar kiritishdi. “Qayrat” tarkibida o'yin taqdirini braziliyalik futzalchilar hal qilishdi. Je dublga erishgan bo'lsa, Divaney, Aleshandre va Igorlar o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. Bugun “Zenit” (“Baganashil”) sport majmuasida ikkinchi o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi.

“Qayrat” - O'zbekiston mtj 5:3 (2:2)

Gollar: Je 8, 32, Igor 10, Divaney 27, Aleshandre 36 - Sviridov 8-penalti, Shlema 10, Abdumavlonov 33

Ogohlantarishlar: Aleshandre 12, Lukayan 35 - Sviridov 15

“Qayrat”: Yanov, Gurov, Ronkalo - Jamankulov, Joan, Igor, Je, Leo, Aleshandre, Lukayan, Divaney, Nurgojin, Esenamanov

O'zbekiston mtj: Umarov, Xazratqulov - Xoshimov, Eliboev, Faxritdinov, Kuralov, Hamroev, Rahmatov, Abdumavlonov, Shlema, Sharipov, Yunusov, Choriev, Sviridov, Anorov

Hakam: Kosmuxambetov, Valyaev (ikkisi ham Qozog'iston)

5 oktyabr. Almati. “Qayrat”. 500 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com