Futzal. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi - Vetnam

Tolibjon Qosimov
5 fev 2018, 18:36
Xitoy Taypeida futzal bo'yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Biroz avval "A" guruhida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Vetnam mezbon Xitoy Taypeini 3:1 hisobida taslim etdi va guruhda birinchi bo'ldi. Endi ispaniyalik Migel Rodrido boshchiligidagi vetnamliklar chorak finalda Bahodir Ahmedov boshqaruvidagi O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi.
Bahrayn esa Malayziyani 3:1 hisobi bilan engdi va guruhdan ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. Bahraynliklarni u yerda bugun bizni mag'lub etgan Yaponiya kutib turibdi.

Futzal bo'yicha OCH-2018
3-tur, 05.02.2018
"A" guruhi

Xitoy Taypei - Vetnam 1:3



Malayziya - Bahrayn 1:3


"A" guruhida yakuniy holat



Eslatib o'tamiz, musobaqaning chorak final o'yinlari 8 fevral kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia