Futzal. O'zbekiston bugun Tojikiston bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
29 sen 2022, 07:52
Bugun O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichidagi 2-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu o'yinda Bahodir Ahmedov shogirdlariga Tojikiston terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

Mazkur o'yinda futzalchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz birinchi turda Turkmaniston terma jamoasini 8:0 hisobida mag'lub etgandi. Tojikiston esa Bahrayndan 4:3 hisobida ustun kelgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia