Futzal. Osiyo kubogi chorak finalida mezbonga qarshi o'ynaymiz

Mirjalol Normatov
2 okt 2022, 00:15
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining A guruhida ham tur o'yinlari yakuniga yetib, pley-off bosqichiga chiqqanlar aniq bo'ldi.

A guruhida so'nggi turida Iroq hamda Quvayt termalari navbatdagi bosqich uchun o'zaro kurash olib borishdi va yakunda 2:2 hisobi mezbonlar uchun foydali bo'ldi. Shu orqali O'zbekiston futzal terma jamoasining Osiyo chempionati 1/4 finaldagi raqibi Quvayt termasi bo'ladi.

O'zbekiston - Quvayt uchrashuvi 4 oktyabr kuni soat 22:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia