Futzal. Osiyo chempionati. O'zbekiston terma jamoasi Eronga 7ta to'p farqi bilan mag'lub bo'ldi

7 may 2018, 23:47
Shu kunlarda Tailandda futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Eronga qarshi o'yin o'tkazdi. Guruhdagi dastlabki bahsda vakillarimiz Turkmaniston ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan Eron futzal terma jamoasi qizlarimizni 9:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga Tanzila Zarbieva hamda Rushaniya Safinalar mualliflik qilishdi. Shu tariqa O'zbekiston terma jamoasi guruhda ikkinchi o'rinni egalladi.

Endi Avaz Maxsumov shogirdlari  9 may kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.  Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati.

Eron - O'zbekiston 9:2

O'zbekiston: Z.Nazarova, I.Turdalieva, F.Turdiboeva, T.Zarbieva, N.Kudratova.

Zaxira: M.Burhonova, N.Kamoltoeva, X.Dadaboeva, I.Turdalieva, R.Safina, M.Shoyimova, M.Jonimqulova, T.Zarbieva, Turkmaniston: N.Kulikova, S.Mammetsaxedova, M.Chorieva, X.Eshniyozova, O.Xalilova, L.Karachik

Eron: Tavasoliy Farzaneh, Sara Shirbegiy, Fereshteh Karimiy, Nasimeh G'ulomiy, Fatemeh Etedadiy

O'xshash yangiliklar


Manba: the-uff.com