Futzal. Oliy liga. Kunning markaziy o'yinida "Huaxin Jizzax" AGMKni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2021, 21:42
Farg'ona shahrida yangi, zamonaviy tarzda qad rostlagan “Samo” sport majmuasida futzal bo'yicha 25-marotaba tashkillashtirilayotgan mamlakat chempionatining Oliy ligasiga start berildi.

Turning uchinchi kungi bahslarida shiddatli kurashlarga boy bo'ldi. Jumladan, "Lokomotiv" - "Neftchi" to'qnashuvi jangovar ruhda kechdi hamda yakunda "temiryo'lchilar" qiyinchilik bilan 4:3 hisobida g'alaba qozondi. Yana bir murosasiz bahsda esa "Nasaf" "Bunyodkor"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kunning markaziy o'yinida "Huaxin Jizzax" AGMKni 4:2 hisobida mag'lub etdi.


LOKOMOTIV - NEFTCHI 4:3

Gollar: Akbar Usmonov (4, 16) , Maksim Gulyaev (14), Mashrab Odilov (33) - Diyorjon Karimov (7), Ilhomjon Abdug'aniev (8), Diyorjon Karimov (20).

NASAF - BUNYODKOR 2:3

Gollar: Sanjarbek Elmamatov (23), Oybek Polvonov (40) - Muhammadbobur Rahmonberdiev (1), Mirzohid Xaydarxo'jaev (18, 22).

AGMK - HUAXIN JIZZAX 2:4

Gollar: Muzaffar Ahadjonov (32), Sunnatulla Jo'raev (37) - Shahzodjon Sadiev (8 avtogol), Ilhomjon Hamroev (14), Husniddin Nishonov (21), Dilshod Rahmatov (38)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia