Futzal. Oliy Liga. 6-tur bahslari qayerda o'tishi ma'lum (+taqvim va jadval)

Eldor Akmurzayev
30 dek 2022, 07:45
Xabaringiz bor, O'zbekiston Professional futbol ligasi futzal geografiyasini kengaytirib bormoqda.

Jumladan, Oliy liganing 2-tur bahslariga Urganch shahri mezbonlik qildi va 17 yillik tanaffusdan so'ng Xorazmga futzal qaytdi.

Tashkilot bu boradagi ishlarni davom ettirgan holda 6-tur uchrashuvlariga Qarshi shahri mezbonlik qilishini ma'lum qiladi. Unga ko'ra, 2023-yilning 10-15 yanvar kunlari Qarshi shahridagi “Sho'rtan GKM” sport zalida futzal bo'yicha Oliy liga jamoalari o'rtasida 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/Futzal_chempionati