Futzal. Bugun O'zbekiston terma jamoasi "Ashxobod-2017"dagi yurishini boshlaydi

Tolibjon Qosimov
18 sen 2017, 14:17
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Hisob bo'yicha beshinchi musobaqada futzal bellashuvlariga ham start berilgan. Bugun O'zbekiston terma jamoasi o'z yurishini boshlaydi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz musobaqani BAAga qarshi o'yin bilan boshlashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

"Ashxobod-2017"
Futzal
2-tur, 18.09.2017
"B" guruhi

19:00. BAA - O'zbekiston


BAA - O'zbekiston uchrashuvini Sport telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatishi kutilayapti. O'yin teledasturga kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia