Futzal. Bugun 16:30. Qirg'iziston - O'zbekiston

Narzulla Saydullayev
1 may 2014, 10:39
Bugun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Vetnamdagi Osiyo chempionatida o'z ishtirokini boshlaydi.
Futzalchilarimiz ilk turda Qirg'iziston terma jamoasi bilan kuch sinashishadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Guruhimizdan o'rin olgan yana bir o'yin Yaponiya va Janubiy Koreya o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da start oladi.

Saytimizda o'yinlar imkon qadar batafsil yoritib boriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia