Futzal. Bugun 1-liga bahslari boshlanadi

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2017, 10:52
Kecha O'FA binosida Birinchi liga jamoalari o'rtasida 2017 yilgi O'zbekiston chempionatiga qur'a tashlandi.

Bu safargi bahslarda oltita jamoa ishtirok etadi. Bular: Jizzax, "Urganchtransgaz", "Buloqboshi", O'zDTV, Marg'ilon va Buxoro. O'tgan yilgi bellashuvlarda to'rtta jamoa ishtirok etgan edi. Jamoalar guruh tizimida kurash olib boradilar. G'olib 5 tur natijalariga ko'ra aniqlanadi. Quyida Birinchi liga 1 kun taqvimini keltirib o'tamiz:

Birinchi liga
1-tur, 25.07.2016


12:00. "Urganchtransgaz" - "Jizzax"
13:30. "Buloqboshi" - O'zDTV
15:00. "Marg'ilon" - "Buxoro"

Barcha o'yinlar "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yil o'tkazilgan Birinchi liga bahslarida "Jizzax" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz