Futzal bo'yicha JCH. Gvatemala bilan o'yinda 14 soniya qolganida durangni qo'ldan chiqardik

Narzulla Saydullayev
12 sen 2021
Futzal bo'yicha Jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Gvatemala uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 

Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021
1-tur
O'ZBEKISTON - GVATEMALA - 4:5
12 sentyabr 2021 yil. Vilnyus. "Vilnius Arena" majmuasi.
Hakamlar:
Nikola Yelich (Xorvatiya), Chiara Perona (Italiya), Eduardo Fernandes (Portugaliya).
VAR hakami: Ondrey Cherni (Chexiya).
Vaqtga mas'ul hakam: Borislav Kolev (Bolgariya).
Komissar: Sergey Silva (Litva).
Kordinator: Joe Riccello (Italiya).

Gollar: Fernando Kampanyak 4, - 0:1. Marvin Sandoval 5, - 0:2. Ixtiyor Ropiev 6, - 1:2. Alan Aguilar 7, - 1:3. Marvin Sandoval 22, - 1:4. Ixtiyor Ropiev 25, - 2:4. Ixtiyor Ropiev 35, - 3:4. Uolter Enrikes 39 avtogol - 4:4Alan Aguilar 40, - 4:5.

O'ZBEKISTON (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 14.Xushnur Erkinov, 15.Sunnatilla Jo'raev.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov (O'zbekiston).

Gvatemala (birinchi beshlik): 2.Uilyam Ramires, 5.Edgar Santizo, 7.Xose Mansilla, 9.Uolter Enrikes, 10.Marvin Sandoval.
Zaxira: 12.Xose Reyes, 3.Pablo Moran, 6.Aleksander Alay, 8.Roman Alvarado, 11.Alan Aguilar, 13.Vanderley Ruiz, 15.Patrik Ruiz, 16.Fernando Kampanyak.
Bosh murabbiy: Estuardo De Leon (Gvatemala). 

Ogohlantirishlar: Akbar Usmonov 24, Uolter Enrikes 26, Sunnatilla Jo'raev 28, Fernando Kampanyak 32.



YANGILASH




40. O'YIN TUGADI! O'zbekiston - Gvatemala 4:5



40. GOL! 14 soniya qolganida gol o'tkazib yubordik!

40. O'yin tugashiga 16 soniya qoldi

40. ZARBAAAA! Mansillaning zarbasi noaniq ketdi! 




40. ZARBA! Vanderleyning zarbasi noaniq ketdi

40. Terma jamoamiz taym aut oldi

40. YO'Q! Penalti yo'q!

40. Gvatemala tomoni VAR ni ko'rishni so'rashdi

40. So'nggi daqiqa davom etmoqda

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 4:4. Avtogol! 

38. Terma jamoamiz o'ynovchi darvozabon bilan hujum tashkil qilmoqda

37. ZARBAAAAA! Nishonovning zarbasi noaniq ketdi!

36. Xavfli vaziyat! Nishonov noaniq zarba berdi!

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IXXTIYOR ROPIEV XET TRIK! 3:4

35. Gvatemala bosh murabbiyi taym aut oldi

34. O'ynovchi darvozabon tushdi, Ilhom Hamroev bu ishni bajaradi

32. ZARBA! Mashrab Odilovning jarimadan yo'llagan zarbasi raqib futzalchisiga tegib qaytdi

32. Ogohlantirish. Fernando Kampanyak

31. ZARBA! Nishonovning zarbasi noaniq ketdi

30. Terma jamoamiz katta kuch bilan hujumda...

30. ZARBAAAAAAAAA! Nishonovning kuchli zarbasi, Ramiresdan seyv!

28. Ogohlantirish. Sunnatilla Jo'raev

26. Ogohlantirish. Uolter Enrikes

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IXTIYOR ROPIEV! SUPERGOL! Burchakdan uzatilgan to'pni Ropiev to'xtatmasdan darvozani ishg'ol qildi! 


25. ZARBAAAAAAAAAAAA! Ropievdan zarba, Ramiresdan seyv! 

25. ZARBA! Ropiev zarba berdi, Nishonov to'pga eta olmadi! 

24. Ogohlantirish. Akbar Usmonov

23. Anasxon Rahmatov fol ishlatdi



23. ZARBAAAAAAA! Aguilardan kuchli zarba, Umarovdan seyv!

23. Dilshod Rahmatov fol ishlatdi

23. ZARBA! Akbar Usmonovning zarbasi noaniq ketdi!

22. GOL! Marvin Sandoval juda oddiy vaziyatda aqlli harakat qilib gol urdi - 1:4

21. Ilhom Hamroev fol ishlatdi

21. Ikkinchi taym boshlandi, OLG'A O'ZBEKISTON!




20. Birinchi taym yakunlandi hozircha - 1:3




20. ZARBAA! Burchak to'pidan keyin Choriev noaniq zarba berdi 

20. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Nishonovning zarbasi yo'liga raqib to'g'anoq bo'ldi!

19. ZARBAAAA! Akbar Usmonovning zarbasi noaniq ketdi! 

18. ZARBA! Rahmatovning zarbasi raqibga tegib tezligini pasaytirdi, darvozabon o'z o'rnida

16. ZARBA! Nishonovning zarbasi noaniq ketdi



15. Follar bo'yicha hisob tenglashdi 2:2

13. Follar bo'yicha oldindamiz 2:1



12. ZARBA! Mashrab Odilovning kuchli zarbasidan keyin Ramires to'pni ushlab oldi

11. Yo'q gol inobatga olinmadi!

11. Vakillarimiz gol urishdi, ammo hakamlar golni hisoblashmadi. VAR ko'riladi 




11. ZARBA! Nishonovning kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi!

11. ZARBAAAA! Ixtiyor Ropievning kuchli zarbasidan keyin Ramires to'pni qaytardi!

10. ZARBA! Akbar Usmonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

9. ZARBA! Patrik Ruizning aniq zarbasidan keyin Umarov to'pni ushlab oldi

7. GOL! Alan Aguilar kuchli zarba bilan gol urdi - 1:3. 




6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IXTIYOR ROPIEV 1:2. Chorievning to'p uzatishidan keyin Ropiev chap qanotdan chap oyoqda juda kuchli va aniq zarba bilan gol urdi! 


5. GOL! Marvin Sandoval burchak to'pidan keyin uzoq masofadan gol urdi - 0:2.

4. GOL! Fernando Kampanyak autdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi, himoyachilarimiz bu futzalchini unutib qo'yishdi - 0:1.

3. ZARBA! Ixtiyor Ropievning kuchli va aniq zarbasidan keyin posbon to'pni qaytardi!

2.Xavfli vaziyat! Choriev sherigini tushunmadi va hujum uzilib qoldi

O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!




- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia