Futzal. Aprel oyidagi musobaqada 4ta jamoa qatnashadi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2014, 13:24
Aprel oyida Toshkentda futzal terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro musobaqa bo'lib o'tishi haqida xabar berdik.
Ushbu musobaqa haqida bilish uchun O'zbekiston Futzal Assotsiatsiyasiga murojaat qildik.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, aprel oyida haqiqatdan ham musobaqa o'tkazish rejada bor. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasidan tashqari yana 3ta jamoa qatanashdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad 30 aprelda boshlanadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish. Biroq hozircha musobaqaning o'tkazilish sanalari va unda ishtirok etadigan terma jamoalar nomlari ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, Vetnamda mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida 30 aprel - 10 may kunlari bo'lib o'tadi. Qita chempionatiga 22 fevral kuni qur'a tashlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia