Futbol hamma uchun! Hech kim e'tibordan chetda qolmaydi!

Narzulla Saydullayev
1 apr 2018, 14:05
Toshkent viloyati futbol federatsiyasi Nurafshon shahri hokimiyati bilan hamkorlikda millionlar o'yinini yanada ommalashtirish maqsadida xayrli ishga qo'l urdi.

Endi futbolga ixtisoslashgan maktab, internat, akademiyada tahsil olish imkoniyati yo'q bolalar ham e'tibordan chetda qolmaydi.  

Nurafshon shahri hokimi Usmon Rahimovning taklifiga ko'ra, shahar hududida tug'ilgan, futbolga mehri yuqori, ammo maxsus maktab, internat, akademiyalarda tahsil olish imkoniyati yo'q bolalardan tuzilgan jamoalar o'rtasida musobaqa o'tkaziladi.

Kuni kecha musobaqaning nizomi ishlab chiqildi va turnirga qur'a tashlandi. “Nurafshon hokimi Kubogi” deya nom olgan musobaqada 2003-2004 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat 16ta jamoa qatnashadi. Turnir 3 aprel kuni start oladi. Final 5 mayga belgilangan. Uchrashuvlar  olimpiya tizimi asosida o'tkaziladi. G'olib jamoa ko'chma kubok bilan taqdirlanadi.

Turnir ananaviy tarzda har yili o'tkazilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, bu yil ilk bor Nurafshon shahrida o'tkazilayotgan turnirni yaqin kelajakda viloyat miqiyosida ham o'tkazish rejaga kiritilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia