Frenki de Yong: "Messi - dunyodagi eng yaxshi o'yinchi"

Alisher
20 iyul 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong yangi klubidagi futbolchilar haqida fikr bildirdi.

- Neymar bilan o'ynashni xohlarmiding?

- Ha, albatta. Neymar yaxshi o'yinchi. Ammo uning "Barselona"ga o'tish yoki o'tmasligini men hal qilmayman.

- Leo Messi bilan bir jamoada o'ynash nimani anglatadi?

- Uni dunyodagi eng zo'r futbolchi deb o'ylayman. Nafaqat Messi balki barcha futbolchilar bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman.

- De Ligtning "Yuventus"ga o'tganidan xafa bo'ldingmi?

- Yo'q, xafamasman. Albatta u "Barselona"ga o'tsa mamnun bo'lar edim. Biroq bu uning oilasi, agenti va sevgilisi bilan birga qabul qilgan qaroridir. Men bundan xursandman. Men uni "Barselona"da ko'rsam mamnun bo'lardim, ammo u "Yuventus"ni eng yaxshi variant sifatida tanladi, - deydi de Yong.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport