Frenk Lempard murabbiylikka qaytishga yaqin

Khoja
12 noya 2024, 10:55
Chelsi afsonasi Frenk Lempard yana murabbiylik ishini boshlashi mumkin.

Angliyalik mutaxassis Chempionship vakili Koventri Siti bosh murabbiyi bo'lishga yaqin. Tomonlar allaqachon muzokaralarning so'nggi bosqichini boshlab yuborishgan.

Ma'lumot uchun, Koventri joriy mavsum Chempionshipda omadsiz ishtirok etmoqda va hozirda turnir jadvalining 17-pog'onasida ketmoqda.

Frenk Lempard esa o'tgan yilning iyul oyida Chelsidan ketganidan beri hali hech bir jamoani boshqarmagandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com