Frenk Lempard: "Men Mourinyoning buyukligiga shubha qilmayman"

Aslanov Jasurbek
3 apr 2015, 17:24
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Frenk Lempard "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoga minnatdorchilik bildirdi.

"Mourinyo - brilliant. Unda buyuk murabbiylarga kerak bo'ladigan barcha sifat bor. Uning buyukligiga shubha qilmayman, chunki Mourinyo faoliyatimni shakllanishiga yordam bergan. U "Chelsi"ga kelganida o'zimga ishonch yetishmas edi. Mourinyo mening eng yaxshi taraflarimni ochib berdi. Bu uning qo'lidan keladi. U bilan birga har qanday futbolchi eng yaxshiga aylanishi mumkin" - deydi Lempard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com