Fred - MYU libosida rasmiy o'yinlarda gol kiritgan 500-futbolchi!
Aziz Tukhtamuradov
23 sen 2018, 09:38
Braziliyalik yarim himoyachi Fred “Manchester Yunayted” klubi tarixiga kirdi.
Fred MYU libosida rasmiy uchrashuvlarda gol kiritgan 500-futbolchiga aylandi. U APL 6-turi doirasidagi “Vulverxempton”ga qarshi kechgan bahsda jamoasining yagona golini kiritdi. Uchrashuvning o'zi esa kutilmaganda 1:1 hisobida yakunlandi.