Fred: "Manchester Yunayted"ning uzoq muddatli rejasi yo'qligi yomon"

Alisher
23 fev 2022, 11:00
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred klubning uzoq muddatli rejasi yo'qligi haqida gapirdi.

"Futbolda tezroq yaxshi natijalarga erishish muhimligini bilaman, ammo uzoq muddatli rejaga ega bo'lish ham muhim. Bizda esa u narsaning yo'qligi biroz yomon deb o'ylayman.

Hozirgi vaqtda barchasi qisqa muddatli rejalarga qaratilgan. Biz joriy mavsum so'nggida nima bo'lishini bilmaymiz", - deydi Fred.

MYU hozirda Angliya chempionatida 26 o'yindan so'ng 46 ochko jamg'argan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian